Mahalliy

Toyota bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat: Namanganning tog‘lari, tarixi va afsonalari sari

Toyota bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat: Namanganning tog‘lari, tarixi va afsonalari sari

Sayohat haqida o‘ylaganda ko‘pchilikning xayoliga xorijiy davlatlar, mashhur kurortlar yoki uzoq yurtlar keladi. Aslida esa unutilmas taassurotlar uchun chet elga chiqish shart emas. O‘zbekistonning o‘zida ham hali ko‘pchilik kashf etishga ulgurmagan betakror joylar mavjud.

“Daryo.uz” sayti Toyota Central Asia bilan hamkorlikda “Toyota bilan O‘zbekiston bo‘ylab” loyihasini boshladi. Loyiha doirasida ijodiy guruh Toshkentdan yo‘lga chiqib, Namangan viloyatining tog‘li, tarixiy va zamonaviy maskanlarini Toyota avtomobili bilan kashf etdi.

Sayohat uchun mos Toyota qaysi?

Safar boshlanishidan oldin uzoq va notekis yo‘llarga qaysi avtomobilda borish kerak, degan savolni o‘rtaga tashladik. Chunki sayohatning ko‘ngildagidek o‘tishi ko‘p jihatdan avtomobilning qulayligi, xavfsizligi va tejamkorligiga bog‘liq.

Shaharda harakatlanish uchun Toyota Camry Hybrid tejamkorligi bilan ajralib tursa, Corolla Cross Hybrid oilaviy foydalanish uchun qulay variant hisoblanadi. RAV4 Hybrid esa asfalt va notekis yo‘llarda yurishga mos bo‘lib, Prado’ga nisbatan yoqilg‘i sarfi tejamkorroq.

Ammo Namangan oddiy shahar sayohati emas edi. Marshrutda tog‘ yo‘llari, baland-pastliklar va murakkab yo‘nalishlar bor. Shu sababli mutaxassislar Toyota Land Cruiser Prado 250 rusumidagi avtomobilni tavsiya qildi.

Prado — Toyota’ning yo‘ltanlamas avtomobillari orasida o‘ziga xos mavqega ega model. Uning 2,4 litrli turbo benzin dvigateli 267 ot kuchi va 430 Nm moment ishlab chiqaradi. 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va 4WD to‘liq yuritma tizimi esa avtomobilga turli yo‘l sharoitlarida ishonchli harakatlanish imkonini beradi.

Yana bir jihat — avtomobilning 110 litrli yoqilg‘i baki. Uzoq masofali safarlarda bu haydovchiga qo‘shimcha qulaylik beradi. Ammo avtomobilning imkoniyatlarini faqat texnik ko‘rsatkichlar orqali baholab bo‘lmaydi. Buni yo‘lda sinovdan o‘tkazish lozim.

Toshkentdan Qamchiq dovoni sari

Safarning birinchi bosqichi Toshkentdan boshlandi. Oldinda esa Qamchiq dovoni va Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlari kutib turardi.

Qamchiq — O‘zbekistonning markaziy qismi bilan Farg‘ona vodiysini bog‘lovchi eng muhim tog‘ dovonlaridan biri. Dovonning balandligi qariyb 2,2–2,3 ming metrni tashkil etadi.

Qamchiqdagi yo‘l bo‘yidagi savdo rastalari esa safarning o‘ziga xos qismlaridan biriga aylandi. Mahalliy mahsulotlar, qurt va boshqa yeguliklar bilan birga vodiyga xos samimiy muomala ham sayohatchilar e’tiborini tortdi.

Boshlovchilar o‘ziga xos ta’mi bilan ajralib turadigan dovon qurtlarini yeb, tez aytish bo‘yicha musobaqalashdi.

Chodak: tog‘lar bag‘ridagi qadimiy qishloq

Tarixi uzoq asrlarga borib taqaladigan Chodak Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri hisoblanadi. Qishloq atrofidagi tog‘lar, soylar va qadimiy ziyoratgohlar bu hududga o‘ziga xos muhit bag‘ishlaydi. Bu yerda tabiat va qadimiy an’analar bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan.

Parda Tursun: sukunatni izlaganlar uchun

Safarning keyingi qismi tog‘lar bag‘ridagi Parda Tursun qishlog‘iga olib bordi. Tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan uylar bir-biridan ancha uzoqda joylashgan. Bu esa shaharning shovqin-suroniga o‘rgangan inson uchun butunlay boshqa muhitni taqdim etadi.

Axsikent: yer qa’ridagi tarix

Namangan safarini Axsikentsiz tasavvur qilish qiyin. Qadimiy Axsikent shahri bugungi kunda tarix ixlosmandlarini o‘ziga tortadigan muhim maskanlardan biriga aylangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimiy shaharning qoldiqlari va uning tarixiga oid ko‘plab dalillar aniqlangan. Axsikent safarning tabiatga boy qismidan tarixiy qismiga o‘tish uchun o‘ziga xos ko‘prik bo‘ldi.

Imom ota: sayohatning eng samimiy lahzalari

Yo‘l davomida jamoa Imom ota turizm qishlog‘iga ham tashrif buyurdi. Safar vaqtida qishloqda sunnat to‘yi bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Mehmonlar uchun kutilmagan bu uchrashuv sayohatning eng samimiy lahzalaridan biriga aylandi.

Mahalliy aholining mehmondo‘stligi va begona insonlarni ham xuddi yaqin qarindoshdek kutib olishi O‘zbekiston qishloqlaridagi insoniy munosabatlarning o‘ziga xosligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Sayohatning so‘nggi manzili — Afsonalar vodiysi bo‘ldi. Tabiat qo‘ynidagi qishloqlar, tog‘ yo‘llari va qadimiy tarixdan so‘ng zamonaviy Namangan manzarasi butunlay boshqa taassurot beradi. Afsonalar vodiysi oilaviy hordiq va ko‘ngilochar tadbirlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy maskanlardan biri sifatida Namangan shahrining yangi qiyofasini namoyish etadi.

Shu tariqa bir safarning o‘zida Namanganning bir nechta qiyofasini ko‘rish mumkin: tog‘lar bag‘ridagi sokin qishloqlar, ekstremal yo‘llar, qadimiy ziyoratgohlar, hunarmandchilik an’analari, ming yillik tarix va zamonaviy ko‘ngilochar maskanlar.

Sayohat qilish uchun doim xorijga chiqish shart emas. Ba’zan eng qiziqarli sarguzashtlar o‘zimiz yaxshi bilamiz deb o‘ylagan hududimizdan boshlanadi.

Muhimi — yo‘lga chiqish, yangi manzillarni izlash va mamlakatimizning hali kashf etilmagan go‘zalliklarini ko‘rishga vaqt topish.

Toyota bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat davom etadi. Oldinda barchamizni yangi manzillar va sarguzashtlar kutmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.