Tovar chet elda — pul yoʻq: oʻzbekistonlik eksportchilarga qarzlarni oʻz choʻntagidan yopishga ruxsat berildi
Davlat rahbarining 2026 yil 27 avgustdagi farmoni bilan Oʻzbekistonda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligini qisqartirishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Gap shu jumladan jahon bozorlaridagi noaniqlik, tashqi toʻlovlar va bank hisob-kitoblaridagi cheklovlar, shuningdek, xorijiy hamkorlar tomonidan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmaganligi sababli yuzaga kelgan qarzdorlik haqida bormoqda. Mexanizm tovarlar, ishlar amalda eksport qilingan holatlarga tatbiq etiladi […]

Tovar chet elda — pul yoʻq: oʻzbekistonlik eksportchilarga qarzlarni oʻz choʻntagidan yopishga ruxsat berildi
Davlat rahbarining 2026 yil 27 avgustdagi farmoni bilan Oʻzbekistonda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligini kamaytirishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda.
Bu mexanizm, jumladan, jahon bozorlaridagi noaniqlik, tashqi toʻlovlar va bank hisob-kitoblaridagi cheklovlar, shuningdek, xorijiy hamkorlar tomonidan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmaganligi sababli yuzaga kelgan qarzdorlikka taalluqlidir.
Yangi tartib tashqi savdo shartnomasi boʻyicha tovarlar, ishlar yoki xizmatlar amalda eksport qilingan, biroq xorijiy hamkor belgilangan muddatda pul oʻtkazmagan va ushbu operatsiya E-kontrakt tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida muddati oʻtgan deb hisobga olingan holatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Biznes uchun ancha gʻayrioddiy yechim taklif etildi.
2027 yil 1 yanvarga qadar bir martalik umumdavlat aktsiyasi eʼlon qilindi, uning doirasida tadbirkorlar bunday muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligini oʻz mablagʻlari hisobidan qoplashlari mumkin boʻladi.
Boshqacha aytganda, agar xorijiy xaridor yetkazib berilgan tovar uchun haq toʻlamagan boʻlsa, korxona yuzaga kelgan qarzni amalda oʻz puli bilan yopishi mumkin.
Texnik mexanizm ham koʻzda tutilgan. Korxona kerakli summani naqd xorijiy valyutada xizmat koʻrsatuvchi bank kassasi orqali oʻz hisobvaragʻiga kiritishga haqli. Aktsiya doirasida buning uchun yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi va tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
Mablagʻlar kiritilgandan soʻng, maʼlumotlar E-kontrakt tizimiga tushadi va u yerda muddati oʻtgan qarzdorlik summasi kiritilgan toʻlov miqdoriga avtomatik ravishda kamayadi.
Bunda undirilmagan jarima qismi ham mutanosib ravishda qisqaradi.
Biroq, bu mexanizmdan hamma ham foydalana olmaydi. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar farmon taʼsiridan chiqarilgan.
2027 yil 1 yanvardan boshlab eksportchilarni yanada sezilarli oʻzgarishlar kutmoqda.
Ushbu sanadan boshlab sud uchta holatda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilishni taʼminlamaganlik uchun jarima miqdorini ikki baravar kamaytirishi mumkin boʻladi.
Birinchisi — agar rezident halol harakat qilgan boʻlsa va mablagʻlarni qaytarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni koʻrgan boʻlsa. Shu jumladan, sudga, hakamlik sudiga murojaat qilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa majburiy undiruv vositalaridan foydalangan boʻlsa.
Ikkinchi asos — agar tashqi savdo operatsiyasi boʻyicha aktivlarning 50 foizdan ortigʻini repatriatsiya qilish taʼminlangan boʻlsa.
Uchinchisi — agar mablagʻlarni qaytarish hammaga maʼlum boʻlgan xalqaro sanktsiyalar, bank va toʻlov tizimlaridagi cheklovlar yoxud xorijiy hamkor mamlakatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga yoki tegishli shartnoma boʻyicha toʻlovlarga taqiq qoʻyilganligi sababli imkonsiz boʻlsa. Bunda yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlari alohida koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, ular belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.

