Sport

“Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi — Romano

“Tottenhem” “Manchester Siti” hujumchisi Omar Marmushni o‘z tarkibiga jalb qiladi. Bu haqda mashhur insayder Fabrisio Romano X (ilgari Twitter) sahifasida xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, London klubi futbolchini ma’lum shartlar bajarilgandan so‘ng 50 million funt sterling (taxminan 58 million yevro) evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Marmushning o‘zi ham poytaxt klubiga o‘tishga rozi bo‘lgan va uning tibbiy ko‘rigi 24-avgust, dushanba kuniga rejalashtirilgan.

Qayd etish joizki, o‘tgan mavsumda Omar Marmush “shaharliklar” safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.