Mahalliy

Toshkentning tumanlaridan birida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

Toshkentning tumanlaridan birida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

Bugun, 28 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ayrim mahallalarda elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilishi mumkin. Bunga "Yunusobod" podstantsiyasida uskunalarni tekshirish va rejali taʼmirlash ishlari sabab boʻlgan.

Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 17:00 gacha "Hasanboy", "Sharq haqiqati", "Islomobod", "Uch qahramon", "Yoʻlariq", "Adolat", "Billur", "Muruvvat", "Ahmad Donish", "Oʻzbekiston mustaqilligi", "Qadrdon" va "Xalqobod" mahallalarida elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Energetiklar aholidan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.