Toshkentning tumanlaridan birida elektr energiyasi oʻchiriladi

Toshkentning tumanlaridan birida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi
Toshkentning Yunusobod tumanidagi bir nechta koʻchalarda 10 oktyabr kuni havo elektr uzatish tarmogʻi kabellarida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Tuman elektr taʼminoti korxonasi xabariga koʻra, cheklovlar soat 10:00 dan 16:00 gacha amal qiladi.
«Tiklanish» mahallasi, shuningdek, Tiklanish va Xolis koʻchalari, 1, 2 va 3-tor koʻchalari chiroqsiz qoladi.
Elektr taʼminoti taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tiklanishi vaʼda qilinmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun aholi quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin: (71) 225-00-65.

