Toshkentning tumanlaridan birida elektr energiyasi bir necha soatga oʻchirildi

Toshkentning tumanlaridan birida elektr energiyasi bir necha soatga oʻchirildi
Bugun, 17 oktyabr kuni Yashnobod tumanida transformator podstantsiyasidagi taʼmirlash ishlari sababli chiroq oʻchirildi. Ishlarni soat 17:00 gacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Tuman hokimligi xabariga koʻra, cheklovlar Tabassum, Tabibiy, Ohangrabo, Fargʻona yoʻli koʻchalariga, shuningdek, 215-sonli maktab hududiga taʼsir koʻrsatdi.
Maʼmuriyat keltirilgan noqulayliklar uchun aholidan uzr soʻradi va taʼmirlash ishlari har bir xonadonda qulaylikni taʼminlaydigan barqaror va xavfsiz energiya taʼminoti tizimini yaratish maqsadida amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

