Mahalliy

Toshkentning to‘rtta kirish joyida ramziy darvozalar quriladi

Toshkent shahrining to‘rtta asosiy kirish nuqtasida ramziy darvozalar bunyod etiladi. Bu haqda Prezidentning “Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

Qarorga muvofiq, Rohat, Bektemir, Erkin va Uch qahramon nomli ushbu darvozalar 2027-yil dekabriga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – shaharga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini ko‘paytirishdir. Loyihaning amalga oshirilishi uchun Toshkent shahar hokimligi, Turizm qo‘mitasi va Madaniy meros agentligi mas’ul etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning 12 ta tarixiy darvozasini asl joylarida tiklash va ularni turistik ob’ektlarga aylantirish taklifi ilgari surilgan edi.

Shuningdek, Prezidentning mazkur qarori bilan Toshkent shahridagi 35 ta bozor va savdo majmualari, shuningdek, ularning filiallari ommaviy savdolarga qo‘yilishi belgilandi. Poytaxtdagi yirik savdo markazlarida kitob do‘konlari tashkil etish majburiy bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.