Toshkentning toʻqqizta tumanida elektr energiyasi oʻchiriladi

Toshkentning toʻqqizta tumanida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi
Bugun, 3 noyabr kuni Toshkentda elektr tarmoqlarida profilaktika ishlari olib boriladi. Shu sababli shaharning bir nechta tumanlarida elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Ayrim mahallalarda chiroq bir necha soatga oʻchirilishi mumkin.
«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali xabar qilishicha, ushbu ishlar elektr tarmoqlari ishonchliligini oshirish, elektr taʼminoti sifatini yaxshilash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyalarning oldini olish uchun zarur.
Yunusobod tumanida soat 10:00 dan 13:00 gacha «Turkqoʻrgʻon», «Iftixor», «Usta Shirin» va «Yangi Ariq» mahallalarining ayrim hududlari elektr energiyasiz qoladi.
Qolgan tumanlarda elektr taʼminotidagi vaqtinchalik uzilishlar soat 10:00 dan 16:00 gacha davom etadi va quyidagi hududlarni qamrab oladi:
• Bektemir tumani: «Nurli yoʻl» mahallasining ayrim hududlari.
• Mirzo Ulugʻbek tumani: «Qorasuv» mahallasining ayrim hududlari.
• Uchtepa tumani: «Chamanzor» mahallasining ayrim hududlari.
• Chilonzor tumani: «Beshqoʻrgʻon» mahallasining ayrim hududlari.
• Olmazor tumani: «Nihol» mahallasining ayrim hududlari.
• Yakkasaroy tumani: «Rakat» mahallasining ayrim hududlari.
• Shayxontohur tumani: «Oqlon» mahallasining ayrim hududlari.
• Yashnobod tumani: «Chinor» mahallasining ayrim hududlari.
Taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldin yakunlanishi mumkin. Bunday holda, elektr taʼminoti muddatidan oldin tiklanadi.
Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr soʻradi.

