Toshkentning Olmazor tumanida qurilayotgan binoda yongʻin chiqdi. Video

Toshkentning Olmazor tumanida qurilayotgan binoda yongʻin chiqdi. Video
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Olmazor tumanidagi qurilayotgan obʼyekt hududida sodir boʻlgan yongʻin videotasvirlari tarqaldi. Kadrlarda hodisa joyidan quyuq qora tutun koʻtarilayotganini koʻrish mumkin.
FVV xabariga koʻra, Yangi Olmazor koʻchasidagi qurilayotgan binoda yongʻin chiqqani toʻgʻrisidagi xabar bugun, 2 noyabr kuni soat 13:53 da kelib tushgan.
Qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, yongʻinni soat 14:00 da oʻchirishgan.
Yongʻin oqibatida bino poydevorining tashqi qismida foydalaniladigan poliuretan qatlami shikastlangan.
Idora maʼlumotlariga koʻra, jabrlanganlar yoʻq.

