Mahalliy

Toshkentning Lutfiy koʻchasida ajratilgan boʻlaklardagi qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar ishga tushdi

Toshkentning Lutfiy koʻchasidagi 2,4 km uzunlikdagi uchastkada «A» ajratilgan va boshqa maxsus boʻlaklarda Yoʻl harakati qoidalari buzilishini aniqlash va qayd etish uchun kameralar foydalanishga topshirildi. Bu haqda 21 oktyabr kuni Yoʻl harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Toshkentning Lutfiy koʻchasida ajratilgan yoʻlaklardagi qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar ishlay boshladi.

Koʻcha qatnov qismining oʻng cheti boʻylab jamoat transporti uchun «A» ajratilgan yoʻlagi, shuningdek, velosipedlar, elektrosamokatlar va boshqa individual harakatlanish vositalari harakati uchun alohida yoʻlaklar tashkil etilgan.

Kameralar ushbu yoʻlaklarda boshqa transport vositalarining belgilangan qoidalarni buzgan holda harakatlanishi, toʻxtashi va toʻxtab turishi holatlarini kuzatib boradi.

Kameralar tomonidan qayd etilgan toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzish faktlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar rasmiylashtirilmoqda.

Oldin xabar berilganidek, poytaxtda jamoat transporti afzalligini taʼminlash, yoʻl harakati xavfsizligini oshirish va ajratilgan yoʻlaklardan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga qaratilgan videonazorat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.