Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
24-sentabr kuni taʼmirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Shayxontohur va Yangihayot tumanlaridagi ayrim xonadonlar hamda ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uziladi
Shayxontohur tumanidagi Chaqar mahallasida soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz taʼminoti toʻxtatiladi. Ushbu cheklov koʻp qavatli uylardagi 250 ta xonadon, shuningdek, «Turkuaz» hamda undagi kafelar va ulgurji korxonalarga tegishli.
Yangihayot tumanidagi Choshtepa mahallasida esa soat 10:00 dan 17:00 gacha 110 ta hovlili xonadon va 3 ta ulgurji isteʼmolchiga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugagach, tabiiy gaz taʼminoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

