Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi

Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi
28 oktyabr kuni Toshkentda Mirobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlaridagi bir necha ming xonadonda gaz uzatish vaqtincha toʻxtatiladi. Cheklovlar Taras Shevchenko koʻchasidagi yangi yer osti gaz quvurini ulash bilan bogʻliq.
Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabar qilishicha, gaz soat 10:00 dan 18:00 gacha oʻchiriladi.
Mirobod tumanida "Oybek" mahallasi hududidagi segizta koʻp qavatli uyda gaz taʼminoti toʻxtatiladi — bu taxminan 1,7 ming xonadon. Bundan tashqari, oʻchirish ushbu mahalladagi 16 ta xonadonni qamrab oladi.
Mirzo Ulugʻbek tumanida gaz uzatish "Oqibat" mahallasidagi 1,9 mingga yaqin xonadon joylashgan toʻqqizta koʻp qavatli uyda, shuningdek, "Nur" mahallasidagi 2,1 mingga yaqin xonadonni oʻz ichiga olgan 11 ta koʻp qavatli uyda vaqtincha toʻxtatiladi.
Bundan tashqari, "Afrosiyob", "Lolazor", "Farovon" va "Ming Oʻrik" mahallalarida gaz bosimi pasayishi kutilmoqda. Mirzo Ulugʻbek tumanining "Oqibat" va "Nur" mahallalarida vaqtinchalik cheklovlar 18 ta ulgurji isteʼmolchiga ham taʼsir qiladi.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, gaz uzatishni bosqichma-bosqich tiklash vaʼda qilinmoqda.

