Toshkentdan Xorazmgacha 1205 km! (Geely bilan)
Bir bak yoqilgʻi va toʻliq quvvatlangan akkumulyator bilan Toshkentdan Xivagacha yetib borish mumkinmi?Ha, mumkin!

Toshkentdan Xorazmgacha 1205 km! (Geely bilan)
Geely EX5 EM-i esa bundan ham uzoqroq masofani bosib oʻta olishini amalda ko‘rsatdi.
Geely Auto Uzbekistan Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy shaharlari bo‘ylab o‘tkazilgan xalqaro “3L Challenge” sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. EX5 EM-i super gibrid krossoveri real yo‘l sharoitlarida o‘rtacha 3,8 l/100 km yoqilg‘i sarfini qayd etdi.
Oʻzbekiston yoʻllarida o‘tkazilgan sinov davomida Geely EX5 EM-i super gibrid krossoveri qo‘shimcha yoqilg‘isiz va akkumulyatorni qayta quvvatlamasdan 1 205 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Avtomobilning bort kompyuteri ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga atigi 3,8 litrni tashkil etdi. Eng e’tiborlisi, 1205 km dan keyin, benzin tugagan paytda ham akkumulyatorda 23 foiz quvvat saqlanib qolgan edi.
Bu natija Geely kompaniyasining xalqaro “3L Challenge” loyihasi doirasida qayd etildi. Mazkur loyiha EM-i Super Gibrid texnologiyasining tejamkorligi va uzoq masofalarga harakatlanish imkoniyatlarini turli mamlakatlarning haqiqiy yo‘l sharoitlarida sinovdan o‘tkazishga qaratilgan.
Sinov Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan rasmiy Geely dilerlik markazidan boshlandi. Safar oldidan avtomobilning 50 litrli yoqilg‘i baki to‘ldirildi va akkumulyatori 100 foizgacha quvvatlandi.
Krossover avval Samarqand shahri orqali Navoiyga, undan keyin Buxoroga yo‘l oldi. Buxoroda jamoa Geely rasmiy dilerlik markaziga tashrif buyurdi. Keyingi yo‘nalish esa cho‘l hududlaridan o‘tuvchi uzun avtomobil yo‘llari orqali Urganch shahriga davom etdi. Bu yerda ham rasmiy Geely dilerlik markaziga kirilgach, avtomobil safarning asosiy manzili — tarixiy Xiva shahriga yetib bordi.
Xivaga yetib kelganida EX5 EM-i allaqachon 1 055 kilometr masofani biror marta yoqilg‘i quymasdan va akkumulyatorini qayta quvvatlamasdan bosib o‘tgan edi.
Biroq sinov shu bilan tugamadi.
Avtomobilda hali energiya zaxirasi mavjud bo‘lgani sababli haydovchilar uning imkoniyatlarini yanada chuqurroq sinab ko‘rishga qaror qilishdi. Ular odatiy haydash sharoitlarini saqlagan holda harakatni davom ettirishdi.

