Dunyo

Toshkentdan Hindistonning yana bir shahriga toʻgʻridan toʻgʻri reys ochildi

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent–Haydarobod–Toshkent yoʻnalishida muntazam parvozlarni boshladi. 28-sentabrdan yoʻlga qoʻyilgan qatnovlar haftasiga ikki marta Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshirilmoqda.

Toshkentdan Hindistonning yana bir shahriga toʻgʻridan toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyildi

«Dunyo» axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, Haydarobod Centrum Airʼning Dehlidan keyingi Hindistondagi ikkinchi yoʻnalishiga aylandi.

Agentlik ushbu yangi qatnovni Janubiy Hindiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi ilk toʻgʻridan toʻgʻri havo yoʻnalishi sifatida qayd etgan.

Yangi reys imkoniyatlarini tanishtirish maqsadida Haydarobodda aviakompaniya va Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida taqdimot tashkil etilgan.

Unda diplomatlar, aviakompaniya va aeroport vakillari, ishbilarmonlar, shuningdek, ishbilarmonlik tadbirlari, oilaviy va guruhli turizmga ixtisoslashgan yuzdan ortiq turoperator hamda sayyohlik kompaniyalari qatnashgan.

Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev yangi reyslar Telangana shtati va Hindistonning janubiy hududlari bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidlagan.

Xususan, raqamli texnologiyalar, farmatsevtika, zargarlik va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari qayd etilgan.

Taqdimot chogʻida Centrum Air vakili parvozlar jadvali hamda yoʻnalishda foydalaniladigan samolyotlar haqida maʼlumot bergan.

Yangi yoʻnalish Janubiy Hindiston aholisiga Oʻzbekistonga toʻgʻridan toʻgʻri kelish imkonini beradi.

Shuningdek, yoʻlovchilar Toshkent aeroporti orqali Markaziy Osiyo, MDH, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga tranzit sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlishi bildirilgan.

Tadbirda Oʻzbekistonning turistik salohiyati, mehmonxonalari va dam olish maskanlari ham namoyish etilgan. Soʻnggi 5–6 yil ichida Hindistondan Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi bir necha barobar oshgani taʼkidlangan.

GMR Hyderabad International Airport Ltd - GHIAL vakillarining aytishicha, yangi yoʻnalish biznes, savdo va madaniy almashinuvlarni faollashtirishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.