Mahalliy

Toshkentdan Haydarobodga toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi

Toshkentdan Haydarobodga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi

28 sentyabrdan boshlab Toshkent va Hindistonning Haydarobod shahri oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Yangi yoʻnalishni Centrum Air aviakompaniyasi ishga tushiradi. Reyslar dushanba va payshanba kunlariga belgilangan. Turizm qoʻmitasi ushbu yoʻnalish Oʻzbekiston va Hindistonning janubiy hududlari oʻrtasidagi sayohatlarni osonlashtirishi hamda oʻzaro sayyohlar oqimining oʻsishiga xizmat qilishini kutmoqda.

Haydarobod — Hindistonning Telangana shtati poytaxti va mamlakatning eng yirik texnologik markazlaridan biridir. Shaharda yirik xalqaro IT-kompaniyalarning vakolatxonalari faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Toshkent va Mavrikiy ilk bor toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar bilan bogʻlanishi xabar qilingan. Yangi yoʻnalish boʻyicha birinchi parvoz 26 dekabrga rejalashtirilgan, 2027 yilning iyunidan esa reyslarni muntazam yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.