Mahalliy

Toshkentdan Fargʻona vodiysi yoʻnalishida harakat ikki kunga yopiladi

Toshkentdan Fargʻona vodiysi yoʻnalishida harakatlanish ikki kunga cheklanadi

Poytaxtning Bektemir tumanidagi A373 «Toshkent — Oʻsh» trassasining birinchi kilometrida joylashgan Chirchiq daryosi ustidagi koʻprikda Fargʻona vodiysi tomonga oʻtish vaqtincha yopiladi.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi maʼlum qilishicha, taʼmirlash ishlari munosabati bilan cheklovlar 28 oktyabr soat 08:00 dan 30 oktyabr soat 08:00 gacha amal qiladi.

Avtomobilchilarga qulaylik yaratish maqsadida aylanma yoʻnalishlar koʻzda tutilgan. Toshkentdan Ohangaron shossesiga chiqishda transport vositalari Toshkent halqa avtomobil yoʻlining 47-kilometri — «Rohat» yoʻl oʻtkazgichi orqali Qoʻyliq tomonga yoʻnaltiriladi.

Poytaxtga kirish D012 «Bektemir — Chirchiq — Gʻazalkent — Chorvoq» yoʻlining 6-kilometri orqali Ik-ota va Fargʻona shossesi yoʻnalishida tashkil etiladi.

Haydovchilarga cheklovlarni oldindan hisobga olish va oʻzgarishlarni eʼtiborga olgan holda yoʻnalishni tanlash tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.