Toshkentdagi turistik koʻchada maxsus tozalash mashinalaridan foydalanish boshlandi. Video

Toshkentdagi turistik koʻchada maxsus tozalash mashinalaridan foydalanish boshlandi. Video
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Oʻzbekiston ovozi turistik koʻchasida yoʻllar, veloyoʻlaklar va piyodalar zonalarini tozalash hamda yuvish uchun maxsus mashinalardan foydalanish boshlandi. Ushbu texnika suv purkash uchun ham moʻljallangan.
Tuman hokimligidan maʼlum qilishlaricha, mashinalar avtomobil yoʻllari, veloyoʻlaklar va piyodalar yoʻlaklarida tozalikni saqlash uchun jalb etiladi.
Hokimiyat maxsus texnikadan foydalanish hududni tegishli sanitariya holatida saqlashga yordam berishini kutmoqda.
Bundan avval Toshkentning Lutfiy koʻchasida velosipedlar, elektrosamokatlar va boshqa mikromobillik vositalari uchun sinov tariqasida uzunligi 2,4 kilometr boʻlgan alohida yoʻlak ishga tushirilgan edi.

