Mahalliy

Toshkentdagi Salor boʻyidagi sayr zonasini Central Park’kacha uzaytirishmoqchi

Toshkentdagi Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi yaqinidagi Salar kanali boʻyida joylashgan sayr zonasini Central Park’kacha uzaytirish rejalashtirilmoqda. Eskizlarga qaraganda, dizayn oʻxshash boʻladi — kanal boʻylab baland toʻsiq va veloyoʻlakcha barpo etiladi. Oqova suvlar oqiziladigan kanaldagi suvni tozalash choralari rejalashtirilganmi-yoʻqmi, bunga aniqlik kiritilmagan.

Toshkentda Salar boʻyidagi sayr zonasini Central Park’kacha uzaytirish xohlanmoqda

Toshkentda Salar kanali boʻyidagi sayr zonasini Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligidan Central Park’kacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Obodonlashtirilishi koʻzda tutilayotgan hududning umumiy uzunligi qariyb 1,5 kmni tashkil etadi. Bu yerda piyodalar yoʻlagi, veloyoʻlaklar barpo etish, oʻrindiqlar va shiyponlar oʻrnatish, shuningdek, bolalar va vorkaut maydonchalarini yaratish koʻzda tutilgan.

Xabar qilinishicha, «Mirzakalon Ismoiliy» mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-sonli uylarning birinchi qavatlarida biznes obʼyektlarini joylashtirish rejalashtirilgan.

Bu yerda allaqachon panjaralar demontaj qilinib, yoʻlaklar barpo etildi, oʻrindiqlar hamda bolalar oʻyinlari va sport bilan shugʻullanish uchun maydonchalar paydo boʻldi. Biroq oradan atigi ikki oy oʻtib, sayr yoʻlagida avtomobillar qoʻyila boshlandi.

Eskizlarda kanal boʻylab xuddi hokimlik yonidagi kabi baland panjara koʻrsatilgan, veloyoʻlak ham panjara yonida joylashtirilgan. Bu piyodalarda suv bilan na vizual aloqa, na unga (hatto panjaraga ham) yaqinlashish imkoniyati boʻlmasligini anglatadi.

Turli manbalardan oqova suvlar oqiziladigan kanaldagi suvni tozalash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilyaptimi-yoʻqmi, bunga aniqlik kiritilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.