Mahalliy

Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi orqasidagi yashil hudud pullik avtoturargoh uchun beriladi

Toshkent hokimiyati shaharning qoq markazida pullik avtoturargoh qurishni rejalashtirmoqda. Qurilish uchun Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona orqasidagi 1,3 gektar maydonga ega yashil hudud beriladi. Tegishli qarorni poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov imzoladi. Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Yer 514 million soʻmlik boshlangʻich narx bilan elektron auktsionga chiqariladi. Gʻolib yer uchastkasini 10 […] muddatga ijaraga oladi.

Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi orqasidagi yashil hududni pullik avtoturargohga berish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahar hokimligi shaharning qoq markazida pullik avtoturargoh qurishni rejalashtirmoqda. Qurilish uchun Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona orqasidagi 1,3 gektar maydonga ega yashil hudud ajratiladi. Tegishli qarorni poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov imzoladi.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik formatida amalga oshiriladi. Yer uchastkasi boshlangʻich narxi 514 million soʻm boʻlgan elektron auktsionga chiqariladi. Gʻolib yerni 10 yilga ijaraga oladi. Bunda xususiy sherik loyihaga 10 milliard soʻm investitsiya kiritishi kerak.

Texnik shartlarda avtoturargoh yonida xiyobon tashkil etish koʻzda tutilgan. Biroq faollar ushbu uchastka hozirning oʻzida ham toʻlaqonli yashil hudud ekanligini taʼkidlamoqda.

Avtoturargohdan tushadigan daromadlar quyidagicha taqsimlanadi: 15 foizini davlat, 5 foizini pullik toʻxtash joylari operatori oladi, qolgan foyda esa investorga tegadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.