Toshkentdagi «Malika» bozorida qidiruvda boʻlgan erkak ushlandi
19 oktyabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi «Malika» savdo majmuasi hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qidiruvda boʻlgan erkak qoʻlga olindi.

Toshkentdagi «Malika» bozorida qidiruvda boʻlgan erkak ushlandi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga koʻra, soat 15:00 atrofida Toshkent shahar IIBB Tezkor boshqaruv yagona markazidan bozor hududida qidiruvda boʻlgan shaxs yurgani haqida maʼlumot tushgan.
Shaxsini tekshirish chogʻida erkak qochishga uringan. Qochish vaqtida u BYD avtomobili bilan toʻqnashgan, ammo harakatlanishda davom etgan. Ichki ishlar xodimlari uni ushlab, bozor hududida joylashgan militsiya tayanch punktiga olib borishgan.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, erkak huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining chaqiruvi boʻyicha tergov harakatlariga bir necha bor kelmagan. Shu munosabat bilan uga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Ushlanganidan soʻng u Sergeli tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimiga topshirilgan.
Hozirda erkakka nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushlangan shaxsning oʻzi ichki ishlar organlari xodimlarining chaqiruvlariga kelmaganini tasdiqladi. U qilmishidan pushaymonligini va qonun oldida javob berishga tayyorligini bildirdi.

