Mahalliy

Toshkentdagi avtomobil yoʻlida yer oʻpirildi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Glinka koʻchasida 3-sentabr kuni asfalt yoʻl oʻpirildi. Bir kishi jarohat oldi.

Toshkentdagi avtomobil yoʻlida yer oʻpirildi

Toshkent shahri hokimligi hodisa oqibatida bir kishi yengil jarohat olganini maʼlum qildi.

Issiqlik taʼminoti korxonasi — Veolia Energy hodisa joyiga avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari yetib borganini, hodisa tafsilotlari hamda oʻpirilish sabablari oʻrganilayotganini bildirdi. Kompaniyaga koʻra, hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.

«Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali mazkur hududdan yuqori bosimli gaz quvuri oʻtmagani va sodir boʻlgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan bogʻliq emasligini, oʻrganishlar davomida gaz sizib chiqishi bilan bogʻliq holatlar aniqlanmaganini maʼlum qildi.

«Toshkent shahar suv taʼminoti» AJ avariya ichimlik suvi tarmoqlariga tegishli emasligini, u issiq suv tarmogʻida yuzaga kelganini bildirdi.

Glinka koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasiga olib chiquvchi qismida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.