Mahalliy

Toshkentda Zeekr elektromobili yonib ketdi

Holat Yashnobod tumanida yuz berdi. Poytaxt FVBB hodisada hech kim tan jarohati olmaganini maʼlum qildi.

Toshkentda Zeekr elektromobili alangaga oʻraldi

26-avgust kuni Toshkent shahrida Zeekr 001 rusumli elektromobilida yongʻin sodir boʻldi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 14:45 da Yashnobod tumani, Qorasuv koʻchasi 4-uy manzilida elektromobil yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, qutqaruv xizmati xodimlari voqea joyiga tezda yetib borib, yongʻinni soat 15:07 da toʻliq oʻchirishgan.

Idora xabarida "Yongʻin natijasida hech kim jabrlanmagan", deyiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil aprel oyida ham Toshkent markazida zaryadlash stansiyasida turgan Zeekr 001 yonib ketgan edi. "Drujba"da yongan Zeekr voqeasi boʻyicha sud avtomobil egasi foydasiga 450 million soʻm undirishni belgilagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.