Boshqa

Toshkentda «zebra»da piyodaga yoʻl bermagan haydovchi jazolandi

Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida piyodaga yoʻl bermasdan harakatlangan Lacetti haydovchisiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Holat aks etgan video avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Toshkentda piyodalar oʻtish joyida piyodaga yoʻl bermagan haydovchi javobgarlikka tortildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoyozuvga izoh berdi.

Ushbu videoda Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan piyodaga yoʻl bermay, harakatni davom ettirgani koʻrsatilgan.

Mazkur holat YHXB xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganilib, haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Bundan tashqari, haydovchi bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.

YHXB barcha haydovchilarni tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashganda tezlikni kamaytirishga, piyodalarga yoʻl berish uchun toʻxtashga va ular xavfsiz oʻtib olganlaridan soʻng harakatni davom ettirishga chaqirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.