Mahalliy

Toshkentda yuz bergan yo‘l o‘pirilishi sabablari o‘rganilyapti – Veolia Energy Tashkent

Toshkentning Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasida yuz bergan o‘pirilish bo‘yicha poytax issiqlik ta’minotiga mas’ul Veolia Energy

Toshkentda yuz bergan yo‘l o‘pirilishi sabablari o‘rganilmoqda – Veolia Energy Tashkent

Toshkentning Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan o‘pirilish yuzasidan poytaxt issiqlik ta’minotiga mas’ul Veolia Energy Tashkent kompaniyasi rasmiy bayonot berdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga avariya-tiklash brigadasi hamda mutaxassislar zudlik bilan yetib borgan.

Hozirda o‘pirilish sabablari va voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Veolia Energy Tashkent hozircha hech qanday issiq suv sizib chiqishi holati qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Hodisa sabablari va ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot tezkor tekshiruv yakunlangach taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi holat aks etgan video va fotosuratlar tarqalganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar hodisaga yuqori bosimli suv quvurining portlashi sabab bo‘lgani haqida taxminlar bildirgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.