Toshkentda YuNESKOning maktabgacha ta'limni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

YuNESKO shafeligida Toshkentda Maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha mintaqaviy markaz tashkil etiladi. Uning faoliyati erta bolalikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta'lim metodologiyalarini tadqiq qilish va o'qituvchilarni qayta tayyorlashning yangi yondashuvlarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Markaz Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tarkibida faoliyat yuritadi. Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.
Markazning asosiy maqsadlaridan biri maktabgacha ta'lim sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'ladi. Mutaxassislar YuNESKOga a'zo mamlakatlarda ta'lim dasturlari va metodologiyalari bo'yicha qo'shma tadqiqotlar olib boradilar.
Bundan tashqari, markaz erta bolalikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, 2030-yilgacha maktabgacha ta'lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasining amalga oshirilishini kuzatib boradi va tegishli hisobotlarni tayyorlaydi.
Yana bir muhim yo'nalish o'qituvchilarni qayta tayyorlashning yangi yondashuvlari bo'yicha takliflar tayyorlash bo'ladi. Markaz shuningdek, xalqaro treninglar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil qiladi.
Ilgari O'zbekiston va YuNESKO o'rtasida Toshkentda maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha mintaqaviy markaz tashkil etish to'g'risida kelishuv imzolangani haqida xabar berilgan edi.

