Mahalliy

Toshkentda yuk mashinasi qizil chiroqda turgan ikkita Damas va avtokranga urildi

Olmazor tumanida FAW yuk mashinasi svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan ikkita Damas va XCMG avtokraniga borib urildi. Hodisa oqibatida uch kishiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Toshkentda yuk mashinasi qizil chiroqda turgan ikkita Damas va avtokranga urildi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, yoʻl-transport hodisasi 9-oktabr kuni soat 13:50 larda Sebzor koʻchasida, 9-oilaviy poliklinika qarshisida yuz bergan.

FAW yuk mashinasini boshqarib ketayotgan, 1985-yilda tugʻilgan J.B. boshqaruvni yoʻqotib, oraliq masofani saqlay olmagan. Oqibatda transport vositasi qizil chiroqda toʻxtab turgan uchta transport vositasiga borib urilgan.

Hodisadan keyin ikkala Damas haydovchisi va bir nafar yoʻlovchiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Boshqa jarohat olganlar yoʻqligi maʼlum qilingan.

Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari surishtiruv olib bormoqda.

YHXB haydovchilarni harakat vaqtida yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish va transport vositalari oʻrtasidagi oraliq masofani saqlashga chaqirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.