Mahalliy

Toshkentda yomg‘irdan oldin qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Yakshanba kuni Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Maxsus komissiya shamol 14 m/s gacha kuchayib, havoda PM10 chang zarrachalari ortishidan ogohlantirdi.

Toshkentda yomg‘irdan avval qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

4 oktbyar kuni Toshkent shahrida yomg‘ir boshlanishidan oldin qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor, deya shaharda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya ogohlantirmoqda.

Global ob-havo modellari hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, poytaxt hududiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shu sabab shamol tezligi 3−8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10−14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shamolning kuchayishi natijasida ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang zarrachalari, xususan, PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga oshishi ehtimoli mavjud.

“Hozirda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zgidromet ham 3−5-oktabr kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib kelishi, yomg‘ir yog‘ib, tog‘larda qorga aylanishi, shamol esa 22 m/s gacha kuchayishi haqida xabar bergandi.

Ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.