Mahalliy

Toshkentda yo‘lovchilar shikoyatlaridan so‘ng avtobuslardagi reklamalar ovozi pasaytiriladi

'Toshshahartransxizmat' AJ avtobus salonidagi monitorlarda reklamalarning yuqori ovozi bo‘yicha aholi e’tirozlaridan so‘ng reklama beruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashdi. Ijarachiga ovozni pasaytirish va yo‘lovchilar hamda haydovchiga xalaqit bermaydigan me’yorni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Toshkentda yo‘lovchilarning shikoyatlaridan keyin avtobuslardagi reklama ovozi pasaytiriladi

“Toshshahartransxizmat” AJ poytaxt jamoat transporti monitorlarida namoyish etilayotgan reklama roliklari ovoz balandligi bo‘yicha yo‘lovchilardan kelgan e’tirozlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, avtobus salonlaridagi monitorlar E-auksion platformasi orqali g‘olib chiqqan tadbirkorga ijara asosida berilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar va jamoatchilik fikri inobatga olinib, ushbu tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

Muzokaralar chog‘ida reklama materiallari ovozi me’yorida bo‘lishi, yo‘lovchilarning muloqoti hamda haydovchi diqqatiga xalaqit bermaydigan darajada saqlanishi zarurligi ta’kidlandi. Ijarachiga reklama roliklari ovozini pasaytirish va ortiqcha shovqin chiqarmaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kompaniya mazkur masalani o‘z nazoratiga olganini hamda jamoat transportida qulay muhit yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.