Toshkentda yer uchun 840 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda gumonlanuvchi 100 ming

Toshkentda yer uchun 840 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari o‘tkazgan tadbir davomida murojaatchidan 840 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.
1970-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ushbu shaxs yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroga Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 9 gektarlik noturar joy maydonining 4 gektarini turar joy qurish uchun hujjatlashtirib berishni va’da qilgan. U buning uchun Davlat kadastrlar palatasida yuqori mansabli tanishlari borligini aytgan.
Keyinchalik mazkur shaxs murojaatchidan avval 100 ming, so‘ngra 740 ming dollar pul talab qilib kelgani aniqlangan. IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazib, unda gumonlanuvchini 100 ming dollar miqdorida pora olayotgan paytda ushlagan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha JKning 168 va 211-moddalari asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.

