Toshkentda yashirin pivo tsexi faoliyatiga chek qoʻyildi

Toshkentda yashirin pivo tsexi faoliyatiga chek qoʻyildi
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi xonadonlardan birida noqonuniy pivo ishlab chiqarish aniqlandi. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan va isteʼmol uchun xavfli boʻlgan 22 turdagi ichimlik musodara qilindi.
Noqonuniy faoliyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlandi.
Pivo mahsulotlarini qoʻlbola usulda chiqarishni poytaxtda yashovchi fuqaro sheriklari bilan birgalikda "Solar boʻyi" koʻchasidagi xonadonlardan birida tashkil etgan. Binodan 22 turdagi pivo, shuningdek, tayyorlash jarayonida foydalanilgan xomashyo va boshqa materiallar topildi. Idora maʼlumotlariga koʻra, mahsulotlar isteʼmol uchun yaroqsiz boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish yoki oʻtkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar noqonuniy ishlab chiqarishning barcha tafsilotlarini va mahsulotlarni tarqatishning ehtimoliy kanallarini aniqlashlari kerak.
Avvalroq Fargʻona viloyatida qalbaki aktsiz markali alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin tsex aniqlangan edi.

