Toshkentda yangi turdagi maktab va bolalar bogʻchalari qurilishi boshlandi (+foto)
Toshkentda 12 ta zamonaviy maktab qurilishi boshlandi. Loyiha NRG-BI kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Keyingi oʻquv yili boshigacha 18 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratilishi kerak. Qoʻshimcha ravishda 16 ta zamonaviy bogʻcha qurish loyihasi ishlab chiqildi. Foto.

Toshkentda yangi tipdagi maktab va bogʻchalar qurilishi boshlandi (+foto)
Shu hafta Toshkentda bir vaqtning oʻzida 12 ta zamonaviy maktab qurilishi boshlandi. Loyiha NRG-BI qurilish kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Yangi maktablar Bektemir tumanidan tashqari, 12 ta tumandan 11 tasida barpo etiladi. Yangihayot tumanida ikkita maktab quriladi.
Qurilish ishlari sakkiz oyga moʻljallangan. Keyingi oʻquv yili boshigacha jami 18 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
«Bu yangi formatdagi — texnologik, ergonomik, qulay va inklyuziv maktablar boʻladi. Loyihalar zamonaviy meʼmoriy yechimlar va zarur infratuzilmani hisobga olgan holda uch xil tipda ishlab chiqilgan», — deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimovaning maʼlum qilishicha, maktablarning sigʻimi 1500 dan 2000 oʻringacha boʻladi.
NRG-BI boshqaruvchi direktori Nurbol Shalkenovning soʻzlariga koʻra, maktablar xalqaro standartlar va zamonaviy taʼlim amaliyotlarini qoʻllagan holda loyihalashtirilgan. Ular besh qavatli boʻlib, mavjud maktablarga qoʻshimcha ravishda qurilishi mumkin boʻlgan yettita oʻquv blokidan iborat boʻladi.
Bundan tashqari, 16 ta zamonaviy bolalar bogʻchasi qurilishi loyihasi ham ishlab chiqilgan. Ular besh xil tipda boʻladi, dedi Durdona Rahimova.

