Toshkentda «Yangi O‘zbekiston — global imkoniyatlar chorrahasi» forumi o‘tkaziladi
Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda

Toshkentda «Yangi O‘zbekiston — global imkoniyatlar chorrahasi» forumi bo‘lib o‘tadi
30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda «Yangi O‘zbekiston — global imkoniyatlar chorrahasi» forumi tashkil etiladi.
Prezidentimiz mazkur tadbir tadbirkorlar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini ochish, chet elda ishlashni istagan fuqarolarni Yevropa va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda.
Har bir elchi o‘zi faoliyat yuritayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb etishi kerakligi qayd etildi.
Forumda xorijiy hamkorlar bilan 2027-yil uchun eksport, turizm va migratsiya yo‘nalishlarida aniq kelishuvlarga erishish vazifasi qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari ish o‘rni topish bilan vazifa yakunlanmasligini bildirdi. Elchilar hokimlar bilan birga fuqaroning ishga joylashishi va yangi muhitga moslashib ketishigacha bo‘lgan jarayon uchun mas’ul bo‘ladi.

