Mahalliy

Toshkentda Xalqaro qishloq ayollari kuni va 2026 yil — Xalqaro fermer ayollar yiliga bagʻishlangan forum boʻlib oʻtdi

Toshkent, 2026 yil 8 oktyabr — Toshkentda 15 oktyabrda nishonlanadigan Xalqaro qishloq ayollari kuni va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2026 yil — Xalqaro ayol fermerlar yiliga (IYWF 2026) bagʻishlangan «Ayol fermerlar: fan, innovatsiyalar va agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro forum boʻlib oʻtdi. Tadbir ayol fermerlarning qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish, shuningdek, ularning imkoniyatlarini kengaytirishga […]

Toshkentda Xalqaro qishloq ayollari kuni va 2026 yil — Xalqaro ayol fermerlar yiliga bagʻishlangan forum boʻlib oʻtdi

Toshkent, 2026 yil 8 oktyabr — Toshkentda 15 oktyabrda nishonlanadigan Xalqaro qishloq ayollari kuni va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2026 yil — Xalqaro ayol fermerlar yiliga (IYWF 2026) bagʻishlangan «Ayol fermerlar: fan, innovatsiyalar va agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro forum boʻlib oʻtdi. Forum ayol fermerlarning qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish, shuningdek, ularning ilmiy bilimlar, innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga bagʻishlandi.

Tadbirda 150 kishi, jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari, xalqaro institutlar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari, ayol fermerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Forum tashkilotchilari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Germaniya taraqqiyot banki (KfW), Business & Finance Consulting (BFC) GmbH kompaniyasi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «Agrar soha ayollari» uyushmasi va Toshkent davlat agrar universiteti ishtirok etdi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2026 yilning Xalqaro ayol fermerlar yili deb eʼlon qilinishi ayollarning agrooziq-ovqat tizimlaridagi muhim rolini eʼtirof etish va ular duch kelayotgan tizimli toʻsiqlarga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qaratishga qaratilgan. Xalqaro yil doirasida FAO ayollarning yer, moliyaviy resurslar, bilimlar, texnologiyalar va bozorlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, gender tenglikni mustahkamlash, shuningdek, ularning qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy va ijtimoiy mavqeini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

«Ayol fermerlar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq hududlarini rivojlantirish va barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, ular hali ham yer, moliyaviy resurslar, zamonaviy texnologiyalar va bozorlardan foydalanishda cheklovlarga duch kelmoqdalar. 2026 yil — Xalqaro ayol fermerlar yili ushbu muammolarga eʼtibor qaratish va amaliy yechimlarni ilgari surish uchun muhim imkoniyat yaratadi. FAO ayol fermerlarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashga, ularning innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va agrooziq-ovqat tizimlarida teng huquqli ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashishga intiladi», — deb taʼkidladi FAOning Oʻzbekistondagi Vakili oʻrinbosari Sherzod Umarov.

Forumning asosiy mavzulari ayol fermerlarning agrar fan, agrobiznes va qiymat zanjirlaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning iqlim oʻzgarishiga moslashish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi rolini mustahkamlash bilan bogʻliq boʻldi.

«Ayollar agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasining harakatlantiruvchi kuchi sifatida: gender tenglik, innovatsiyalar, iqlim oʻzgarishiga moslashish va barqaror rivojlanish» mavzusidagi yalpi majlisda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, agrar tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Tematik sessiyalar doirasida agrar innovatsiyalar, meva-sabzavotchilik sohasida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek, ayol fermerlarning barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirishdagi ishtiroki koʻrib chiqildi. Ishtirokchilar tajriba almashdilar va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini qishloq xoʻjaligi amaliyotiga joriy etish hamda ishlab chiqaruvchilar va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorladilar.

Forum doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada ayol fermerlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, agrar innovatsiyalar va startaplar taqdim etildi. Koʻrgazma ishtirokchilarga oʻz mahsulotlarini namoyish etish, tajriba almashish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish imkoniyatini berdi.

Tadbir davomida, shuningdek, «Yilning eng yaxshi ayol fermeri – 2026» respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tanlov ayol fermerlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishdagi yutuqlarini, ularning innovatsion yondashuvlarni joriy etish boʻyicha tashabbuslarini va qishloq hududlarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish imkonini berdi.

«Biz, ayol fermerlar uchun eng muhimi — yetishtirilayotgan mahsulot sifatini oshirish, yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish va mahsulotlarimizni bozorga olib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishdir. Buning uchun bilim, moliyaviy koʻmak va mutaxassislar bilan hamkorlik zarur. Bu kabi forumlar bizga boshqa fermerlarning tajribasini oʻrganish, yangi hamkorlar topish va oʻz xoʻjaliklarimizda qoʻllashimiz mumkin boʻlgan innovatsion yechimlar bilan tanishish imkonini beradi», — dedi forum ishtirokchisi, FAOning «Agrooziq-ovqat tizimlari va qishloq hududlarini rivojlantirish sohasidagi 100 nafar ayol qahramon» roʻyxatiga kiritilgan oʻzbekistonlik ayol fermer Masturaxon Sayfutdinova.

Forum yakunlari boʻyicha ayol fermerlarning agrar fan va innovatsiyalardagi ishtirokini kengaytirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash hamda bilim va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

Deklaratsiyada qishloq xoʻjaligida ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy muassasalar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirish ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilandi. Hujjat ushbu sohalarda milliy va xalqaro hamkorlikni davom ettirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Xalqaro qishloq ayollari kuni va 2026 yil — Xalqaro ayol fermerlar yili doirasida oʻtkazilgan forum ayol fermerlarning agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasidagi ishtirokini kengaytirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash va fan hamda innovatsiyalar orqali qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha muloqot uchun muhim maydonga aylandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.