Toshkentda SHHTning Universal xavfsizlik markazi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi SHHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha Universal markaz tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qildi, deb xabar berdi parlament quyi palatasi matbuot xizmati. Bitim 2025 yil 1 sentyabrda Tyantszinda imzolangan edi. Yangi tuzilma Toshkentda, SHHTning amaldagi mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) bazasida joylashadi. […]

Toshkentda SHHT Uversal xavfsizlik markazi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchinchi oʻqishda SHHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha Universal markaz tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini maʼqulladi, deb xabar berdi parlament quyi palatasi matbuot xizmati.
Bitim 2025 yil 1 sentyabrda Tyantszinda imzolangan. Yangi tuzilma Toshkentda SHHTning amaldagi MATT (Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi) bazasida joylashadi.
Markaz tarkibiga, shuningdek, Axborot xavfsizligi markazi va Bishkekdagi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish markazi kiradi. Tuzilmaning asosiy vazifalari qatoridan maxsus xizmatlarni muvofiqlashtirish, tezkor axborot almashish, xavf-xatarlarni birgalikda tahlil qilish, mashgʻulotlar oʻtkazish hamda terrorizm, ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashish uchun kadrlar tayyorlash oʻrin olgan.
Deputatlar tomonidan maʼqullangach, hujjat koʻrib chiqish uchun Senatga yuborildi.

