Mahalliy

Toshkentda Salor kanali bo‘yida yangi dam olish maskani tashkil etiladi

Toshkentda Salor kanali bo‘yida yangi dam olish maskani barpo etiladi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan oqib o‘tuvchi Salor kanali bo‘yi obodonlashtirilib, zamonaviy dam olish hududiga aylantiriladi. Loyiha Mirzakalon Ismoiliy va Asaka mahallalari hududidan o‘tuvchi qariyb 1,5 kilometr uzunlikdagi qismini qamrab oladi.

Hudud Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi binosi oldidan boshlanib, Markaziy istirohat bog‘igacha davom etadi. Loyiha doirasida mavjud daraxtlar va yashil maydonlar saqlanib qoladi hamda obodonlashtiriladi. Kanal bo‘yidagi binolar xatlovdan o‘tkazilib, noqonuniy egallangan hududlar ham tartibga keltiriladi.

Shuningdek, bu yerda piyodalar va velosiped yo‘laklari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yo‘laklar, o‘rindiqlar va ayvonchalar, bolalar hamda vorkaut maydonchalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mirzakalon Ismoiliy mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-sonli ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu yerda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Bo‘zsuv kanalining Shahidlar xotirasi xiyobonidan Chilonzor tumanigacha bo‘lgan qismida 20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagi tashkil etilishi ma’lum qilingandi.

Yig‘ilishda aholining ko‘proq piyoda yurishi, sport bilan shug‘ullanishi va ochiq havoda dam olishi uchun zamonaviy infratuzilma yaratish zarurligi ta’kidlangan. Shu maqsadda poytaxtdagi kanal va katta ariqlar bo‘ylarini aholi uchun ochiq va xavfsiz sayr hududlariga aylantirish taklif qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.