Mahalliy

Toshkentda qurilish tashkiloti haydovchisi ikki tumanda “svet” o‘chishiga sababchi bo‘ldi

Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilgan. Nosozlikka qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilotning maxsus texnikasi haydovchisi tomonidan xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan.

Toshkentda qurilish tashkilotining haydovchisi ikki tumanda elektr ta’minotining uzilishiga sababchi bo‘ldi.

Joriy yilning 5-avgust kuni soat 15:17 da Toshkent shahridagi 110 kV kuchlanishli «L-Navoiy-2» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Buning natijasida Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Aniqlanishicha, ushbu nosozlikka qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilotning maxsus texnikasi haydovchisi tomonidan xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Oqibatda elektr uzatish tarmog‘iga shikast yetkazilgan.

Energetiklar tomonidan zudlik bilan choralar ko‘rilib, soat 15:49 da elektr ta’minoti muqobil manbalar orqali to‘liq tiklandi.

Energetika vazirligi o‘z xabarida shunday deyiladi: “Agar elektr uzatish tarmoqlari yaqinida maxsus texnikalar bilan xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagan holda ishlar olib borilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, befarq bo‘lmang”.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.