Toshkentda qurilayotgan masjid gumbazida yongʻin chiqdi
Toshkentning Yangihayot tumanida yangi qurilayotgan masjid gumbazida yongʻin sodir boʻldi. FVV maʼlumotiga koʻra, gumbaz qismidagi penopoliuretan yonib zararlangan. Yongʻin soat 12:04 da oʻchirilgan, jabrlanganlar yoʻq.

Toshkentda qurilayotgan masjid gumbazida yongʻin yuz berdi
Bugun, 3-oktabr kuni soat 11:36 da Yangihayot tumani, Sergeli 4-dahasida joylashgan yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Dastlab vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan toʻliq nazoratga olingani maʼlum qilingan.
Keyingi axborotda vazirlik gumbaz qismida penopoliuretan yonib zararlanganini va yongʻin soat 12:04 da bartaraf etilganini bildirgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori hozircha ochiqlanmagan.

