Toshkentda qizamiqqa chalinganlikda gumon qilingan 290 nafar bemor aniqlandi
Toshkentda qizamiqqa gumon qilingan 290 nafar bemor aniqlandi. Undan soʻng mutaxassislar ular bilan muloqotda boʻlgan 10 039 kishini aniqladilar. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining poytaxt boshqarmasi xabar berdi. Muloqotda boʻlganlar orasidan 1 623 kishida emlangani toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan. Ular epidemiologik koʻrsatmalarga koʻra emlandi. Poytaxtda jami 78 259 kishi qizamiqqa qarshi emlandi. […]

Toshkentda qizamiqqa gumon qilingan 290 nafar bemor aniqlandi. ShunDan soʻng mutaxassislar ular bilan muloqotda boʻlgan 10 039 kishini aniqlashdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining poytaxt boshqarmasi maʼlum qildi.
Muloqotda boʻlganlar orasida 1 623 kishining emlangani haqida maʼlumotlar boʻlmagan. Ular epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha emlandi. Poytaxtda jami 78 259 kishi qizamiqqa qarshi emlandi.
Rejali immunizatsiya doirasida bir yoshli 47 494 nafar va olti yoshli 42 767 nafar bola qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi emlandi.
Shuningdek, mutaxassislar koʻkyoʻtal va difteriya boʻyicha laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazdilar. Idora maʼlumotlariga koʻra, ijobiy natijalar aniqlanmagan.

