Toshkentda qalbaki 8,4 ming dollarni haqiqiysiga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkentda qalbaki 8,4 ming dollarni haqiqiy pulga almashtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida qalbaki 8400 dollarni muomalaga kiritishning oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Qibray tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan shaxs Turkiyadan olib kelingan qalbaki 8400 AQSH dollarini foyda ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan sherigi bilan til biriktirib, shartli xaridorga haqiqiy 3800 AQSH dollariga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Iyun oyida Namanganda qalbaki 100 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlangandi. Toshkent va Navoiyda qalbaki 120 ming dollarni sotishga uringan shaxslar ham qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

