Mahalliy

Toshkentda Onix haydovchisi tartibga solinmagan oʻtish joyida piyodani urib yubordi

Toshkentda Onix haydovchisi tartibga solinmagan oʻtish joyida piyodani urib yubordi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Uchtepa tumanida sodir boʻlgan va oqibatda piyoda jarohat olgan YTH videosi tarqaldi. Uni tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida Onix avtomobili urib yuborgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.

Poytaxt yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, YTH 22 oktyabr kuni soat 15:00 atrofida sodir boʻlgan. Onix avtomobili rulida 20 yoshli haydovchi boʻlgan.

Piyodaga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda YHXB xodimlari sodir boʻlgan voqea yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida avtomobil «zebra»dan oʻtayotgan ayol va uning farzandini urib yuborgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.