Toshkentda oʻz joniga qasd qilgan 16 yoshli qizning ukamsiga psixologik yordam koʻrsatilmoqda

Toshkentda oʻz joniga qasd qilgan 16 yoshli qizning inisiga psixologik yordam koʻrsatilmoqda
Toshkentning Olmazor tumanida 12 oktyabr kuni oʻz joniga qasd qilgan 16 yoshli qizning oilasiga ijtimoiy yordam tashkil etildi. Jasadni topgan uning inisiga psixologik yordam koʻrsatilmoqda.
Hodisa 12 oktyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida yuz bergan. Qiz oʻz uyida osilgan holda topilgan. Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, jasadni uning inisi topgan.
Oilaga yordam koʻrsatilgani haqida 16 oktyabr kuni Milliy ijtimoiy himoya agentligining poytaxt boshqarmasi xabar berdi. Idora tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan zarur yordam tashkil etilganini aniqlashtirdi. Inisi bilan olib borilayotgan ishlar uning emotsional holatini barqarorlashtirish va psixologik farovonligini yaxshilashga qaratilgan.
Agentlikda, shuningdek, tekshiruv oʻz-oʻzini oʻldirish versiyasini tasdiqlagani taʼkidlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun dastlabki tergovni davom ettirmoqda.
Vaziyat ijtimoiy himoya tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼul xodimlari nazoratida qolmoqda.

