Mahalliy

Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi

Undan umumiy bahosi 108,4 mln soʻmlik 230 quti dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shugʻullangan shaxs qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdi.

Tadbir chogʻida dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.A. fuqaro A.X.ga dorixonadan tashqarida 170 quti “Rocuronium Rompharm” nomli dori vositasini sotayotgan paytda ushlandi.

Undan shuningdek, umumiy bahosi 108,4 mln soʻm boʻlgan 230 quti dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.