Toshkentda kechasi ikki koʻcha kesishmasining bir qismi qisman yopiladi

Toshkentda 24 oktyabrga oʻtar kechasi ikki koʻcha kesishmasining bir qismida harakatlanish vaqtincha cheklanadi
Toshkentda 24 oktyabrga oʻtar kechasi Zulfiyaxonim va Shayxontohur koʻchalari kesishmasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Cheklov issiqlik tarmogʻi uchastkasidagi taʼmirlash-tiklash ishlari bilan bogʻliq.
Veolia Energy Tashkent xabariga koʻra, harakatlanish 23 oktyabr soat 23:00 dan 24 oktyabr soat 07:00 gacha cheklanadi.
Haydovchilarga yoʻnalishni rejalashtirishda vaqtinchalik yopilishni hisobga olish va aylanma yoʻllarni oldindan tanlash tavsiya etiladi.
Avvalroq Veolia poytaxtda har yili kuzgi issiq suvni 5 kunga oʻchirish zaruratini tushuntirib bergan edi.

