Toshkentda issiq suvdagi kimyoviy hid sababi o‘rganilmoqda
Veolia Energy Tashkent poytaxtning bir qator tumanlari aholisidan issiq suvda noxush kimyoviy hid borligi bo‘yicha murojaatlar tushganini ma’lum qildi. Kompaniya suvni xonadonlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishi, asosiy manbai esa Toshkent IEM ekanini bildirdi. Suv namunalari olinib, o‘rganish boshlangan.

Toshkentda issiq suvdagi kimyoviy hid sababi o‘rganilmoqda
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxt aholisi issiq suvdan noxush kimyoviy hid kelayotgani haqidagi shikoyatlarga izoh berdi.
Bu boradagi murojaatlar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridan kelib tushmoqda. O‘tgan haftada aholi, shuningdek, suvning loyqaligi va bosimning pastligidan ham shikoyat qilgan edi.
Kompaniya issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minotini yetkazib beruvchidan — bu holatda “Toshkent issiqlik markazi”dan — turar joylargacha yetkazib berish va taqsimlashni amalga oshirishini ta’kidladi.
Veolia Energy Tashkent’ning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasi mutaxassislari joylarga chiqib, kimyoviy-bakteriologik va organoleptik tahlil o‘tkazish uchun manbalarda hamda turar joylarda suv namunalarini oldi. Tahlil natijalari tadqiqotlar yakunlangach e’lon qilinadi.
Suv sifati haqidagi ma’lumot IEMda texnologik jarayonni normallashtirish va tarmoqlarni yuvish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish uchun Toshkent IEM rahbariyati va texnik xizmatlariga topshirildi.
Veolia Energy Tashkent yetkazib beruvchi bilan birgalikda suv ta’minotining me’yoriy sifatini imkon qadar tezroq tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini bildirdi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

