Iqtisodiyot

Toshkentda «Ipak yo‘li» Xitoy tovarlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Toshkentda 2–4 sentyabr kunlari 200 ga yaqin Xitoy kompaniyasi ishtirokida «Ipak yo‘li» tovarlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda IX "Ipak yo‘li" Xitoy tovarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 2-4 sentyabr kunlari Toshkent shahrida to‘qqizinchi marotaba o‘tkaziladigan "Ipak yo‘li" Xitoy tovarlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda 200 ga yaqin Xitoy kompaniyasi ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir Central Asia Exhibition Center (CAEx) ko‘rgazma majmuasida o‘tkaziladi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini bajaradi. Ishtirokchilar yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va turli sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: aqlli ishlab chiqarish va raqamli texnologiyalar, yashil energetika va energiya samaradorligi, qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi texnikasi.

Shuningdek, qurilish materiallari va muhandislik texnikasi, tibbiy uskunalar va sog‘liqni saqlash yechimlari, avtomobil ehtiyot qismlari, yengil sanoat mahsulotlari, to‘qimachilik va isteʼmol tovarlari ham namoyish etiladi.

Ko‘rgazma doirasida kompaniyalar vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar, sanoat forumlari va tarmoq taqdimotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar ushbu tadbir ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida savdo hamkorligini kengaytirish, investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish va yangi ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatishga xizmat qilishiga ishonch bildirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.