Mahalliy

Toshkentda ikkita avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirildi

Toshkentda ikkita avtobus yoʻnalishi vaqtinchalik oʻzgartirildi

Toshkentning Olmazor tumanidagi Shimoliy Olmazor koʻchasida taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli 78- va 124-sonli avtobuslar vaqtincha aylanib oʻtish sxemasi boʻyicha harakatlanadi. Oʻzgarishlar faqat bir yoʻnalishdagi harakatga taʼsir qiladi.

Xususan, 78-sonli avtobus «Beruniy» metro bekati yoʻnalishida Shimoliy Olmazor koʻchasiga kirmasdan, Usta Shirin, Qorasaroy, Dilsaroy va Oltinsoy koʻchalari orqali harakatlanadi. Toshkent vokzali yoʻnalishida esa harakat sxemasi oʻzgarishsiz qoladi.

124-sonli avtobus «Beruniy» metro bekati yoʻnalishida Shimoliy Olmazor koʻchasini chetlab oʻtib, A. Donish koʻchasi va Kichik halqa yoʻli orqali harakatlanadi. Yunusobod 9-mavzesi yoʻnalishida esa harakat sxemasi oʻzgarmaydi.

Taʼmirlash vaqtida hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi prognoz qilinmoqda. Shu munosabat bilan avtobuslar oraliq intervali uzayishi mumkin. Zarurat tugʻilganda, yoʻnalishlar harakat sxemasiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritiladi.

Yoʻlovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish va vaqtinchalik oʻzgarishlarni inobatga olish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.