Toshkentda ikki kishi fuqarolarni aldab, 574,6 mln so‘mini qo‘lga kiritdi

Toshkentda ikki shaxs fuqarolarni aldash yo‘li bilan 574,6 million so‘mni o‘zlashtirib oldi.
Toshkentning Uchtepa tumanida fuqarolardan 574,6 million so‘m miqdoridagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxslarning kimligi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, A.B. va M.B. ismli fuqarolar o‘zlarini "Vatanparvar" MFY hududidagi 29-uyning boshqaruv organi rahbari deb tanishtirib, ushbu uyda yashovchi fuqarolardan jami 574,6 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan undirib olganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda soxta hujjatlar orqali 25 milliard so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etilgan edi.

