Toshkentda Forumlar saroyi yaqinida katta daraxt ikkita avtomobil ustiga qulab tushdi
Toshkent markazida — “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyi yonida katta daraxt ikki avtomobil ustiga qulab tushdi. FVB ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahrida, Forumlar saroyi yaqinida ulkan daraxt ikki mashina ustiga ag‘darildi.
2-sentabr kuni ertalab soat taxminan 5:30 da Toshkent markazidagi Maxtumquli ko‘chasida ulkan daraxt harakatlanib ketayotgan ikki avtomobilning ustiga qulab tushdi va yo‘lni butunlay to‘sib qo‘ydi. Bu hodisa Amir Temur xiyoboni yaqinida, "O‘zbekiston" Xalqaro forumlar saroyi yonida sodir bo‘lgan.
Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari, tez tibbiy yordam xodimlari va boshqa tegishli xizmatlar yetib kelishgan.
Ko‘cha bir necha soat davomida yopiq qoldi. Keyinchalik u tozalanib, transport harakati qayta tiklandi.

