Toshkentda dron-shou oʻtkaziladi
Bugun, 2-oktabr kuni soat 20:00 da Yangi Oʻzbekiston bogʻida Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasining tarixiy gʻalabasi sharafiga dron-shou oʻtkaziladi. Tomoshaga kirish bepul.

Toshkentda dron-shou bo‘lib o‘tadi.
Tadbir FIDEning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan g‘alaba munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Poytaxt aholisi va shahar mehmonlari kechki osmonda namoyish etiladigan yorqin dron-shouni tomosha qilishga taklif qilindi.
E’londa ta’kidlanishicha, tadbir vaqtida yo‘l harakati cheklanmaydi. Transport vositalari odatdagi tartibda harakatlanadi.

