Toshkentda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi
Kasallangan, zararlangan, qurigan, inson hayoti va mol-mulklar xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar belgilangan tartibda ruxsatnoma olingan holda kesiladi.

Toshkentda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi
Toshkent shahrida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar xatlov qilinadi.
Poytaxt hokimining qarorida belgilanishicha, xatlov jarayonida kasallangan, zararlangan, qurigan, inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik hamda jismoniy shaxslar mol-mulki xavfsizligiga xavf tugʻdirayotgan daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinadi.
Xatlovni oʻtkazish hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun shahar ishchi guruhi tuziladi.
Xatlov davomida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan, tabiiy omillar va zararkunandalar taʼsirida kasallangan, zararlangan, qurigan, inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar aniqlansa, ular belgilangan tartibda ruxsatnoma olingan holda kesiladi.

